MUHIM: Agar siz Hindistonda yashasangiz, sizga tegishli Google Pay Xizmat shartlari bu yerda keltirilgan. Agar AQSHda yashasangiz, sizga tegishli Google Pay Xizmat shartlari bilan bu yerda tanishing.

Google Pay/Google Payments Xizmat shartlari

Oxirgi tahrir: 2026-yil 27-oktabr

1. Tanishtiruv

Google Pay Google Xizmat shartlariga (“Google Xizmat shartlari”) muvofiq taqdim etiladi va Google Xizmat shartlarida belgilanganidek, “Xizmat” hisoblanadi. Quyidagi Google Pay Xizmat shartlari Google Paydan foydalanishga tatbiq etiladigan qoʻshimcha shartlardir. Google Paydan foydalanishingiz ushbu Google Pay Xizmat shartlari va Google Xizmat shartlariga (ushbu Google Pay Xizmat shartlari maqsadlarida biz ularni birgalikda “Shartlar” deb ataymiz) muvofiq amalga oshiriladi. Google Payments Maxfiylik eslatmasida Google sizning toʻlov maʼlumotlaringiz bilan qanday ishlashi tavsiflangan.

Agar Google Pay Xizmat shartlari hamda Google Xizmat shartlari oʻrtasida biron-bir ziddiyat yuzaga kelsa, Google Pay Xizmat shartlari ustuvor kuchga ega boʻladi. Shartlarning ingliz tilidagi talqini va boshqa tilga tarjima qilingan versiyasi oʻrtasida biron-bir tafovut yuzaga kelsa, ingliz tilidagi matn ustuvor kuchga ega boʻladi.

Google Pay’ning ayrim funksiyalari avval “Android Pay” brendi ostida taqdim etilgan. Doʻkonlarda, ilovalarda yoki veb-saytlarda Android Payga oid eskirgan nomlarni koʻrishda davom etishingiz mumkin boʻlsa-da, ushbu funksiyalardan foydalanish mazkur Shartlar bilan tartibga solinadi.

Google Pay xizmatidan foydalanish uchun quyidagi shartlarga rozilik berishingiz talab etiladi. Ularni diqqat bilan oʻqib chiqing. Ayrim mahsulotlar va funksiyalar hamma mamlakatlarda ham mavjud boʻlmasligi mumkin. Batafsil axborot uchun Google Pay yordam markaziga kiring.

2. Asosiy talablar

Shartlarga rozilik bildirish orqali siz quyidagilarni tasdiqlaysiz:

Shuningdek, sizga Google hisobi, Xizmatning vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turishi mumkin boʻlgan tizim va muvofiqlik talablariga javob beradigan qurilma, barqaror internet aloqasi hamda mos dasturiy taʼminot kerak boʻladi. Ushbu omillar Google Pay xizmatidan foydalanish imkoniyatingizga hamda uning unumdorligiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bunday tizim talablari sizning zimmangizda.

Agar siz oʻz Google hisobingizni boshqarish uchun talab qilingan yoshga yetmagan boʻlsangiz, Xizmatdan foydalanish uchun ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingizdan ruxsat olishingiz shart. Ushbu Shartlarni ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingiz bilan birgalikda oʻqib chiqing.

Agar siz ota-ona yoki qonuniy vasiy boʻlsangiz va farzandingizga Xizmatdan foydalanishga ruxsat bersangiz, u holda ushbu Shartlar sizga nisbatan tatbiq etiladi hamda farzandingizning Xizmatdagi faoliyati, jumladan, u tomonidan amalga oshirilgan har qanday tranzaksiyalar uchun bevosita siz javobgar boʻlasiz. Shuningdek, farzandingiz karta egasi ekanini yoki uning Google hisobiga saqlangan har qanday toʻlov usulidan foydalanishga vakolati borligini tasdiqlaysiz.

3. Google Pay umumiy tavsifi

Google Pay quyidagilarni Google hisobingizga saqlash, ularni bitta joyda boshqarish hamda ular orqali Google va uchinchi tomonlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi:

4. Toʻlov usullari

5. Toʻlov usullari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish